You are here

Syngenta Pomidor yetishtirishga bag‘ishlangan xalqaro kongressda soha yetakchisi.

Yangiliklar
30.03.2021
16march2021

2021-yilning 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan Pomidor yetishtirishga bag‘ishlangan xalqaro kongress sohada qabul qilinayotgan  muhim texnologik qadamlarni yoritib berdi.

Robototexnika, hosildorlikni bashorat qilish, ma'lumotlardan foydalanish va seleksiya (nav tanlash) – bu yilgi Pomidor yetishtirishga bag‘ishlangan xalqaro kongressda so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan eslatib o‘tilgan mavzularning ayrimlari, xolos. 2000 dan ortiq ishtirokchini jalb qilgan mazkur tadbir sohadagi eng istiqbolli texnologik innovasiyalarning ayrimlariga chuqur tadqiqotlarnini o‘z ichiga olgan edi.

Seleksiya (nav tanlash)

Syngenta kompaniyasining seleksiyachisi Xaoyan Duo pomidorlar seleksiyasining kelajagi haqida so‘zlab berar ekan, o‘tgan yili ochilgan yangi Tomato Vision markazi o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga yordam berish uchun fan va marketingni birlashtirganini ta'kidlab o‘tdi.

“Biz hamma uchun, bugun va ertaga pomidor yetishtirishni istaymiz, Tomato Vision esa – mazkur va'damizni amalga oshiradigan joylardan biri”, – deydi u. “Masalan, hozircha issiqxonamizga shaxsan kelolmaydigan mijozlarimizga issiqxonamizdagi o‘simliklarni virtual rejimda namoyish qiladigan Hololens nomli virtual yordamchimiz bor.”

Duoning so‘zlariga ko‘ra, Syngenta kompaniyasida qo‘llaniladigan yana bir muhim texnologiya – bu katta ma'lumotlar bazasi bilan ish olib borish.

“Biz hosil, pomidorlarning og‘irligi, tarkibidagi kislota yoki shakar miqdori, shuningdek pomidorlarning genetik ma'lumotlari kabi ma'lumotlarni yig‘ib boramiz”, – deya qo‘shimcha qildi Duo. “Dala sharoitlarida olingan ma'lumotlarni laboratoriyada olingan ma'lumotlar bilan birlashtirgan holda, genomga qarab tanlov qilishimiz va seleksiyada yanada aniq bashoratlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bu nav tanlash jarayonining samaradorligini oshiradi”.

Pomidor yetishtirishga bag‘ishlangan xalqaro kongress davomida vayronkor Pomidorlarning jigarrang bujmayish virusi (ToBRFV)ga bardoshli bo‘lgan, dunyodagi birinchi pomidor duragayi yaratilgani haqidagi xabar yana bir yangilik bo‘ldi).