You are here

Pomidor yetishtirish orqali, orzuingizdagi kelajakka erishing: “Tomato Vision” namoyish markazi – endilikda Niderlandiyada.

Yangiliklar
04.05.2020
tomatovision

“Syngenta” kompaniyasining mazkur yangi namoyish markazi 2020-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, uning yaratilishidan maqsad - pomidor duragaylarini yetishtirish usullarini o‘zgartirish va kelajakda bozorning yangi ehtiyojlarini qondirishdir.

Ushbu “Tomato Vision” deb nomlangan tadqiqotlar, ishlab chiqish va marketing markazi Niderlandiyaning Maasland shahrida ochilgan edi. Markaz yuqori texnologiyali issiqxona majmuasida joylashgan 14000 m2 hududni tashkil qilib, unda g‘oyatda zamonaviy va an'anaviy naslchilik texnologiyalaridan foydalangan holda, bozorning muayyan ehtiyojlariga qarab, 800 xil noyob yangi duragaylar sinovdan o‘tkaziladi va tanlab olinadi. Issiqxona inshooti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning haqiqiy pomidor yetishtirish sharoitlariga juda o‘xshab ketadi, chunki unda turli xil yoritish tizimlari bo‘lgan bir nechta bo‘limlar mavjud - intensiv yoritishdan noqulay iqlim sharoitlarida yetishtirish uchun yoritish butunlay mavjud bo‘lmagan bo‘limgacha. Tashrif buyuruvchilar bo‘lg‘usi yangiliklar to‘g‘risida o‘ziga xos ilk taassurot olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, hamda  “Syngenta” kompaniyasi taklif qiladigan issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan pomidorlarning to‘liq assortimenti bilan yaxshiroq tanishishga ko‘maklashish uchun 1 500 m2 maydonli hududni aylanib ko‘rishlari mumkin.  Shu bilan birga, “Tomato Vision” - bu bir vaqtning o‘zida, mijozlarni jalb qilish va ularning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida muloqot qilish uchun platforma ham sanaladi.  “Syngenta” kompaniyasining ituzumdoshlar oilasiga mansub ekinlar bo‘yicha xalqaro bo‘lim boshlig‘i Ruud Kaagman shunday deb xabar berdi: “Biz ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilarning ehtiyojlariga javob beradigan navlarni yetishtirmoqchimiz. Seleksiyachilarimiz va bozor o‘rtasida yaratilgan aloqalar yordamida biz ilg‘or duragaylarni yetkazib berish imkoniyatiga egamiz.”.