You are here

Kompaniya haqida

«Syngenta» kompaniyasi dunyodagi eng yirik kompaniyalar sirasiga kirib, unda 28 mingdan ortiq hodim dunyoning 90 ta mamlakatida, bizning eng asosiy maqsadimiz «o’simlik salohiyatini namoyish etish» ga intilib kelmoqda.

Kompaniya nomi, - sinergiya, sintez, integratsiya va kuchlarni birlashtirish ma’nolarini anglatuvchi «syn» so'zi va «genta» so’zi insonlarni va ularni insoniylik hislatlarini bildiruvchi so’zlardan tashkil topgan. «genta» so’zi odamlar, jamiyat manosini beruvchi «gens» so'zidan kelib chiqgan. Shunday qilib, «Syngenta» - bu insonlarni birlashishidir. Kompaniyaning ranglari ko'k va yashil bo’lib, ular mos ravishda ekoligik toza suv va o'simliklarni bildiradi.

«Syngenta» kompaniyasi o’simliklarni himoya qilish vositalarini yaratuvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ichida yetakchisi bo’lib, sifatli urug’lar yetkazib berish bozorida faxrli uchinchi o’rinni egallagan. O’simliklarni kimyoviy himoylash vositalarining xilma xilligi, yuqori sifat va ilmiy izlanihlari evaziga kompaniya dunyodagi agrobiznes sohasidagi etakchilikka ega. Har yili an’anaviy va yangi texnologiyalar tadqiqotlari uchun katta miqdorda investisiyalar sarflab kelmoqda. Hududlarni geografik joylashuviga asosan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish bo’yicha innovatsion ishlanmalar doimiy ravishda olib boriladi. 

«Syngenta» kompaniyasi ekinlarni yetishtirish va ulardan sifati yuqori bo’lgan hosil salmog’ini oshirishda, ishlab chiqarish jarayonini atrof muhitga bo’gan zararli ta’sirini kamaytirish va yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali yuqori sifatli hosil olishda fermerlarga ko’maklashishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan.

«Syngenta» kompaniyasi barqaror qishloq xo’jaligini yaratish bo’yicha o’z xissasini qo’shib kelmoqda. Yani, fermerlar bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish, maxsulot sifatini oshirish orqali bugungi kundagi 7 mld.lik dunyo axolishini boqish kabi ma’suliyatni o’z zimmamizga olgan. 

Mutaxasis va olimlarimiz samarasi yuqori bo’lgan urug’ dorilagichlar, begona o’tlar bilan kurashish uhun gerbisidlar, kasalliklar bilan kurashish uchun fungisidlar, zararkunandalar bilan kurashish uchun insektisidlar yaratishgan bo’lib, bugungi kunda ular, paxta, donli ekinlar, texnik ekinlar, sabzavotlar, bog’dorchilik va uzumchlik kabi boshqa ekinlardan sifatli va sog’liq uchun havsiz bo’lgan yuqori hosil olishda qo’llab kelinmoqda.

Bizning urug’ va o’simliklarni himoya qilish vositalarimiz, ishlab chiqaruvchilarning yuqori hosil va sifatga erishishlari uchun yordam bergan holda, o’sib borayotgan qishloq xo’jalik maxsulotlariga bolgan talabni qondirish, axolining tumush tarzini sog’lomlashtirish, atrof muxit tozaligiga o’z xissasi qo’shishni asosiy maqsadlaridan biri hisoblaydi.